понедельник, 17 июня 2013 г.
Termizlik olimlar
ADIB SOBIR TERMIZIY
Sobir Termiziy Shahobidsin ibn Ismoil (1147 yili
vafot etgan) mashhur shoir, fors tilida ijod etgan. U zolim amir deb nom
chiqargan Termiz amiri Axtitni mayparastlikda ayblab, hajviya yozgan. Sulton
Sanjar (1118-1157) sa-royida Marvda ham yashagan. Umrining oxirida Xorazmga
boradi va Xorazm shohi Otsiz (1127-1156) uning oyoq-qo'lini bog'lab Amudaryoga
cho'ktirib yuboradi.
JAVHARIY
Zargar Termiziy, XI-XII asrlar shoiri, asli
buxorolik, tahsilni Termizda oladi. Adib Sobirning shogirdi, qasidalari
o'zgacha uslubda bitilgan. «Mashshoq ayol va amir Ahmad» hikoyatining muallifi.
JALOLIDDIN
Jaloliddin Ja'far ibn Xusayn Termiziy, mashhur
falakiyotchi olim.
ALOVUDDIN TERMIZIY
Sayyid laqabi bilan mashhur (XIII asrda yashagan). U
ham zamonasining fiqh va hadis ilmi bilimdonlaridan biri.
AHMAD AT-TERMIZIY
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida
yashab o'tgan. Davrining yirik hakimi, zargari, falakiyot ilmi va ilmi nujumda
beqiyos bo'lgan. Ahmad at-Termiziy zabardast shoir, uning forsiy va turkiy
tilda bitgan she'rlar devoni mavjud.
Подписаться на:
Комментарии к сообщению (Atom)
Комментариев нет:
Отправить комментарий