Al-Hakim
at-Termiziy asarlari
Xakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlar soni
to`g`risida yozma manbalarda turli raqamlarkeltirilgan. Ba`zi mualliflar uning
asarlari adadi to`rt yuzga boradi, deyishgan. Biroq ko`pchilik mualliflar uning
asarlari soni saksonga yaqin, deb hisoblashadi.
Abdulfattox Abdulloh Baraka
yozishicha, Hakim at-Termiziyshshg to`rt yuz asaridan oltmishga yaqini yetib
kelgan. Eng muhimi, bizgacha allomaning ilmiy-ma`naviy merosining asosini
tashkil qiluvchi asarlari yetib kelgan (2). Ular orasidan, eng avvalo, 291
hadisni o`z ichiga oluvchi "Navodir al-usul fi ma`rifat axbor
ar-Rasul" nomli asarini ko`rsatib o`tish zarur. Bu asarda Hakim
at-Termiziy dunyoqarashi muayyan darajada bayon etilgan. "Navodir
al-usul"ning bir qo`lyozma nusxasi Toshkentda, O`zbekiston musulmonlari
diniy idorasining kutubxona fondida saqlanadi. Allomaning nashr etilgan boshqa
asarlaridan "Kitob xaqiqat al-odamiya", "Adab an-nafs"ni
sanab o`tish lozim. Hakim at-Termiziy asarlarining katta qismi bizgacha
qo`lyozma tarzida yetib kelgan hamda jahondagi turli qo`lyozma fondlarida
saklanmokda. Chunonchi, alloma asarlarining qo`lyozmalari Parij, Qohira,
Damashq, Iskandariya, Istambul va Londonda saqlanmoqda. Parij Milliy
kutubxonasida (arab bo`limida 5018-inventar ostida) Hakim at-Termiziyning
kuyidagi asarlari saqlanmoqda:1. Kitob as-salot va maqosidiho.
2. Kitob al-hajj va asrorihi.
3. Kitob al-Ehtiyotot.
4. Kitob al-Jumal al-lozim ma`rifatiho.
5. Kitob al-Furuq va man` at-taroduf.
6. Kitob haqiqat al-odamiyya.
7. Kitob Urs al-muvahhadiyn.
8. Kitob al-A`zo val-nafs va yusammo kazalika g`avr al-umur.
9. Kitob Manozil al-ibod min al-ibodati.
10.Kitob al-Aql val-havo.
11.Kitob al-Amsol min al-Kitob vas-Sunna.
12.Kitob al-Manohiy.
Damashkda, az-Zohiriyya kutubxonasida Hakim at-Termiziyning ikki asari va
besh risolasi qo`lyozmalari (tasavvuf turkumi, 104-raqami ostida); Misrdagi
Iskandariya shahrida uch risolasi (Maktabat al-baladiyya, 3585-raqami ostida)
saqlanmoqda. Allomaning Londonda saqlanayotgan asarlari ro`yxatida beshta
risola ko`rsatilgan. Qohirada, "Dor al-kutub al-ilmiyya"da "Ilal
al-u`budiyya" asarining qo`lyozma nusxasi mavjud. "Kitob
as-salot" asarining qisqartirilgan varianti bo`lgan bu risola ko`proq
"Ilal ash-shariy`a" nomi bilan mashhur.
Bulardan tashqari,
Leypsig va Istambulda ham uning ba`zi asarlari qo`lyozmalari mavjud. Xakim
at-Termiziyning asosiy asarlaridan biri — "Xat-mulavliyo" haqida
biroz to`xtab o`tish maqsadga muvofiq. Ko`p vaqtgacha bu asar bizgacha yetib
kelmagan, deb hisoblangan. Baxtimizga bu taxmin noto`g`ri bo`lib chiqdi. Parij
ilmiy-tadqiqot markazi-ning islom qadriyatlari bo`limi a`zosi Usmon Is-moil
Yahyo 1965 yilda Bayrutda "Xatmul-avliyo" ni chop ettirdi. 586
sahifadan iborat bu ulkan nashrga Hakim at-Termiziyning bir necha risolasi, shu
jumladan tarjimai holiga oid o`ttiz ikki sahifadan iborat "Bad`u sha`ni
Abu Abdullox" asari ilova qilingan. Uncha katta bo`lmagan ayni shu asarga
asoslanib Hakim at-Termiziy hayoti xaqida haqikatga birmuncha yaqin
ma`lumotlarga ega bo`lin-di. Unda allomaning hayoti, u dastavval padari
buzurgvoridan ta`lim olgani, Kufa va Basraga sayohati, Makka ziyorati haqida
yozilgan. Ma`lum bo`lishicha, alloma hadisi nabaviyyani aynan Kufada chuqur
o`rgangan ekan. Termizga qaytar ekan, yo`l-yo`lakay Qur`oni karimning ma`lum
qismini yod olgan. "Xatmul-avliyo" mazmuni haqida gapiriladigan
bo`lsa, 6u asarning asosiy mazmunini valoyatning haqligi, shuningdek uning
nubuvvat va risolat bilan bog`lik masalalari tashkil etishini qayd qilish
darkor. Risola muqaddima hamda yigirma to`qqiz bobdan iborat. Uning asosiy
mazmuni muridning savollariga shayxning bergan javobi tarzida bayon etilgan.
Hakim at-Termiziyning bu asarida valoyat masalalari sufiylik tarixida ilk
bor mutlaqo tugal nazariya tarzida tavsiflangan. Bu asar Termiz va Balxda
yoyilgan mashhur "xakimiyya" sufiylari uchun sufiylik tarixida o`ziga
xos yangi hodisa bo`lgan. Bu ta`limot diniy vasiyatnoma yoki ma`rifiy dastur
sifatida xizmat qilgan. "Xatmul-avliyo" Shark musulmonlari
dunyoqarashiga kuchli ta`sir qilgan, shunga qaramay, yuqorida ta`kidlanganidek,
ayrim faqihlar hamda arboblarda norozilik uyg`otgan.
Hakim at-Termiziyning sufiylik tarixidagi ahamiyati asosan uning risolalari
bilan belgilanadi. Ularda "rux" va uning "holati" hamda
"harakati" to`g`risidagi, o`zini-o`zi takomil toptirish hamda tuban
xatti-harakatlarni jilovlash usullari haqidagi, poklanishga olib keluvchi
iztirob va shu kabilar sufiylik ruhiyatining rivojlanishiga ulkan ta`sir
ko`rsatdi. Hakim at-Termiziy sufiyona "ma`rifat" ("hikmat")ni
inson yetishishi mumkin bo`lgan oliy bilim deb hisoblagan. Bu bilimni u inson
qalbidan joy olgan "ilohiy nur" ga o`xshatgan. Shariat qoidalarini
sharhlash va qo`llashdan iborat bo`lgan odatiy ilmdan farkli o`laroq
"ma`rifat" narsalarning ichki mohiyatini va oxir oqibatda,
"ilohiy mohiyatni" anglab yetadi. Ilmni ta`lim jarayonida egallash
mumkin bo`lsa, "ma`rifat" Allohning suygan bandalariga nozil qilgan
rahmatidir. Ilmni tatbiq etish sohasi hamda vaqti cheklangan,
"ma`rifat"ning esa cheki yo`q. Qalbini dunyo mehridan poklagan va
Allohga oshiq bo`lganlargina ma`rifatga yetishadilar. Hakim at-Termiziy sufiy
valiylarni shundaylardan deb hisoblagan. Ular qolgan dindorlardan ayni
ma`rifatga yetishganliklari bilan ajralib turishadi.
Avliyo haqidagi sufiyona tasavvurlarni birinchi bo`lib nazariy asoslab,
hukuk borasida ularni rusul va anbiyo bilan amalda tenglashtirgan ham, aftidan,
Hakim at-Termiziydir. Allomaning risolat va valoyat nisbati, sufiylikdagi
avliyolik darajasi to`g`risidagi g`oyalari taniqli olim Ibn Arabiy ijodida o`z
rivojini topdi. Ibn Arabiy o`z asarlariga ko`pincha Hakim at-Termiziy
risolalaridan katta-katta bo`laklar kiritgan. Tadqiqotchilar ta`kidlashicha,
Hakim at-Termiziy budda-viylik, xristianlik va moniylik ta`limotlaridan
xabardor bo`lgani ehtimol. Uning asarlarida shu ta`limotlar ta`sirini ko`rish
mumkin. Allomaning chuqur va har tomonlama bilimini e`tirof etgan zamondoshlari
unga faxrli al-Hakim — donishmand rutbasini bejiz berishmagan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий