XIII asrning ikkinchi yarmida Termizning Chingizxon
talofatidan omon qolgan qismida 865 yilda Balx hokimi vazifasidan bo’shab,
ko’chib kelgan yirik mulk egasu Muhammad (s.a.v) payg’ambarimiz avlodi
sayyidlar Hasan al-Amir dafn qilingan maqbara (hozirgi Sulton Sulton maqbarasi)
tevaragi shahar rivojlanadi.
четверг, 30 мая 2013 г.
QORATEPA
Qoratepa-qumgil aralash sement qorishmasidek uch
qirrali tabiiy tepalikdan iborat. Tepalik ustida o’simlik deyarli o’smaydi. Shu
boisdan u Qoratepa deb ataladi. Qoratepa mahalliy nom bo’lib, arxeologlar
tomonidan abadiylashtirilgan.
TERMIZ HAQIDA
Termiz – Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi.
Amudaryoning o’ng sohilida, Afg’oniston xhegarasiga yaqin, o’rtacha 310 metr
balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yo’l stansiyasi bor. Maydoni
27,8 km2. iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq
(O’zbekistondagi eng issiq shahar – eng yuqori temperatura 49,50,
1914 yil 21 iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik o’rtacha
temperature 16-180 . Yillik yog’in 133 mm .
понедельник, 27 мая 2013 г.
ESKI TERMIZ KO’SHKI
O’rta asr Termizi raboti o’rtasida, uning shimoliy
devori yaqinida bir qator inshootlar bor ediki, ularning pishiq g’ishtlari
allaqochonlar tashib ketilgan. Bu imoratlar eskiddan (Kushonlar davrida)
odamlar yashab kelgan joylarlarda qurilgan bu yerlar, III-IV asrlarda kushonlar
tashlab ketganidan keyin bo’sh yotgan. Yuqorida aytib o’tilganidek, II asrda
yer qimrlashi oqibatida ko’pgina inshootlar, uy-joylar vayronaga aylanadi. Balki,
shu yillar urf-odati uchun irim qilingan, yoki tiklashni iloji bo’lmagandir.
Shu tufayli, buddizm ibodatxonalari, monastirlari qurilishi Kushon Termizining
shimoliy sharqida Zo’rmo’la atrofida rivojlantiriladi.
Ilk o’rta asrlarda bu yerlar tiklangan. VI-VII
asrlarda katta bo’lmagan, lekin o’z shakli bo’yicha diqattaga sazovor feodal qasri (qo’rg’oni) – saroyi
qurilari.
Ko’shkning pastki qismi 25x25 metr bo’lib, paxsa
devordan ko’tarilgan. Uning bosh o’qi bo’ylab yotgan markaziy dahlizi, uning
ikki tomonida beshtadan uzunroq xonalari bo’lgan. Dahliz va xonalar gumbazlar
bilan yopilgan. Devorlarida teshiksimon derazalar bo’lgan.
Ko’shkning
ikkinchi qavati yengil materiallardan yopilganbo’lib, yozda yashashga
mo’ljallangan.
Termiz qo’rg’oni O’rta Osiyo qasriga xos ko’shk edi. U ko’p asrlar
odamlarga xizmat qildi. Islom dini rivoji davrida uning yaqinida qurilgan
masjid va qo’shimcha xonalar ziyoratga keluvchilar uchun yotoqxona, sayyoh
darveshlar uchun xonaqoh vazifasini o’tadi.
Shoniyoz
Safarovning Termiz va Termiziylar kitobidan
TERMIZSHOHLAR SAROYI
Termizshohlar saroyi XI asrda qurilgan baland devorlar
bialn o’ralgan katta inshoot bo’lgan. Saroy jamlanmasi katta hudud (7 gektar)ni
tashkil etib, to’rtburchak tarxda qurilgan. Saroyning bosh fasadida yirik
peshtoqli eshik to’rt burchakli hovliga olib kiradi. Imoratlar bilan o’ralgan
keng hovli o’rtasida sopol quvurlar suv bilan ta’minlanib turuvchi 8,5x8,5
metrli hovuz, mehmonxona (dahlizli katta zal) oldida 4 ta kvadrat ustunli ayvon
bo’lgan. Bosh eshik qarshisida peshtoq ayvonli cho’zinchoq qabulxona zali
bo’lib, uning uch tomonidan ikki qavatli gumbazlar o’ragan, old tomoni ochiq
bo’lgan. Shu tomon qimmatbaho parda bilan to’silgan. Shu cho’zinchoq xona
to’rida podshoh taxti turardi.
X-XII asrlar me’morchiligining diqqatga sazovor na’munalaridan
bo’lgan. Termiz hukmdorlarining qarorgohi 1925-1926 va 1936-1937 yillarda qazib
o’rganilgan paytda ganch panjara, rangdor oyna, ganchga bo’yab ishlangan tasvir
qoldiqlari, jumladan qush, otliq tasviri tushirilgan va gul bezaklari bo’lgan
shisha medalon topildi. Balki shu topilma podshoh peshonasiga qadab
qo’yiladigan medalon bo’lishi ham mumkin. Qazilma davrida saroy bir necha marta
ta’mirlanganligi aniqlanadi.
XII asrda (1129-1130 yillari) g’aznalik Sulton Abdul
Muzaffar Bahromshoh tomonidan yangi bezaklar bilan saroyning qabul zali esa
ganch o’ymakorligi bilan bezatilgan, unga uch qavatli kesma bezak berilgan,
devorlariga afsonaviy mahluqlarning tasviri tushirilgan.
Imorat g’ishtdan ustalik bilan, qandasa to’ri asosida
terilgan, tagi (poli) pishshiq g’isht yotqizilgan.
1220 yilda Termizni Chingizxon qo’shinlari qamal
qilgan. Termizliklar qattiq qarshilik ko’rsatganligi uchun saroy, boshqa
ko’pgina imoratlar qatorida obdon ta’mirlanayotgan vaqtda vayron qilinadi.
Qurilish materiallar, bo’yoq va ganch idishlari qoldiqlari buning guvohidir.
Xarobalar saqlanmagan. Termizshohlar saroyi uch davr qurilishi bo’lib, o’rta
asr me’morchiligining o’ziga xos va betakror na’munasi bo’lgan.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)