Termiz – Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi.
Amudaryoning o’ng sohilida, Afg’oniston xhegarasiga yaqin, o’rtacha 310 metr
balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yo’l stansiyasi bor. Maydoni
27,8 km2. iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq
(O’zbekistondagi eng issiq shahar – eng yuqori temperatura 49,50,
1914 yil 21 iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik o’rtacha
temperature 16-180 . Yillik yog’in 133 mm .
Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan
ma’lumotlar Termizning Sharqning qadimiy shaharlaridan biri ekanligidan dalolat
beradi. Shaharning qulay geografik o’rni, strategik ahamiyatga molik joyda
joylashganligi, sharqni g’arb, janubni
shimol bilan bog’lovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez sur’atlar
bilan rivojlanishiga zamin yaratadi. Buyuk ipak yo’lining muhim bir tarmog’I
ham Termiz orqali o’tgan.
Miloddan avvalgi IV – III asrlarda 10 gektar maydonni
egallagan Termizning qadimiy qal’asi o’rnida aholi manzili bo’lgan. Hofizi
Abro’yning yozishicha, shahar nomi “Taramastxa” (baqtriyacha “nariga sohildagi
manzil”) so’zidan olingan bo’lib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan. 10
asrdan Termiz deb atala boshlagan.
Termiz mill. Avv. III – II asrlarga kelib Baqtriyaning
eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylanadi.
Ashyoviy dalillarga ko’ra bu davrlarda shaharda me’morchilik va
hunarmandchilikning bir qancha sohalari, Salavkiylar, Yunon – Baqtriya shohlari
Tovar – pul muomilasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaragandan ancha
oldin rivojlanganligidan dalolat beradi.
Shaharni Termizshohlar idora qilgan davrda
hokimlikning poytaxti bo’lgan. Arablar bosib olgan davrda Termiz 70 gektarga
yaqin maydonni egallagan, to’rtburchak shakldagi qal’adan iborat bo’lgan. 10 –
asrda yozilgan “Hudud ul-Olam” asarida Termiz “Jayhun bo’yidagi ko’rkam va obod
shahar. Qal’asi daryo bo’yida, ulkan bozori mashhur, Xuttalonva Chag’aniyon
ahli shu yerda savdo qiladi”, deb ta’riflangan.
O’zbekiston Respublikasi Milliy Ensiklopediyasi
Комментариев нет:
Отправить комментарий