Qoratepa-qumgil aralash sement qorishmasidek uch
qirrali tabiiy tepalikdan iborat. Tepalik ustida o’simlik deyarli o’smaydi. Shu
boisdan u Qoratepa deb ataladi. Qoratepa mahalliy nom bo’lib, arxeologlar
tomonidan abadiylashtirilgan.
Qoratepa Termiz qal’asi yaqinida, qadimiy devorlarning
yuqorisida, uning shimoliy-g’arbiy darvozasi yonidadir. U eramizning birinchi
asrida buddizm targ’ibotlari guruhi-buddistlar koloniyasi tomonidan budda
ibodatxonasin qurish uchun o’zlashtirilgan. Buning uchun ular qisman tepalikni
o’yib (kovlab), qisman uning yonbag’irlarida inshootlar va ularning
bo’limlarini qurdilar. Tepalik relyefi bu yerda bir necha o’nlab katta va
kichik o’yma xonalar kompleksiga qurilishiga sabab bo’ldi. Har bir kompleks
maxsus o’yma xonalardan (g’orlardan), dahlizlrdan va tashqi
imoratlar-ibodatxona (ziyoratgoh) – hovlidan iborat. Har bir o’ymaxon mustaqil
bo’lib, ayrimlari o’zaro dahlsizlar bilan bog’langan, ayrim xonalar ikki qavatlidir. Yuqori qavatdagi zinopoyalar
bilan birlashtirilgan. Komplekslar bir xil bo’lmasdan, o’ziga xos me’morchilik
uslubida, lekin umumiy qoidaga bo’ysungan holda qurilgan.
Har qaysi kompleks berk (alohida) hovlicha, ko’tarma supachadan
iborat bo’lib, uning usti quyosh nuri tushmasligi, yomg’ir tegmasligi uchun yog’och
ustunlar bilan ko’tarilgan ayvonlar bilan yopilgan edi. Mehroblarda dudda vo
bodisatv (budda murabbiysi) ning haykallari bo’lardi.
Hovli, o’yma xonalar monax hujrasiga olib boradigan
o’yma gumbazli dahliz orqali tutashtirilgan. Hovlidan monax hujrasiga,
ziyoratgohga va xo’jalik xonalariga yarim yerto’la bino orqali ham yo’lak
bo’lardi.
Ziyoratgohlardan biri uch tomondan dahliz bilan
aytarilgan to’rt burchakli xona bo’lib, u ohakgil suvoq ustidan qizil rangli
bo’yoq bilan bezatilgan edi.
Xonalarning ko’pida buddizm memorial inshooti –
hovoncha, boshqalarida binoga tutashtirib solingan peshayvonlar bo’lardi.
O’yma xona ibodatxonalari va hovli ibodatxonalari
ayvonlari devorlari budda-xuda tasviri va ushbu naqshlarni buyurgan shaxsning
tasviri hamda budda yoki mahalliy ilohiy naqllar, rivoyatlar voqealar mavzusida
ishlangan sur’atlar, hashamatli naqshlar bilan bezatilgan.
Markaziy o’yma xona dahlizlar bilan aylantirilib,
o’rab olingan. O’yma xonalar va aylanma dahlizlar devorida o’yma tokchalar bor.
O’yma xonalar devoir, shifti, yeri loysuvoq qilinib, oqlangan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий