четверг, 20 июня 2013 г.

SURXON VOHASINING CHORIZM TOMONIDAN ISTILO QILINISHI VA UNING OQIBATLARI



XVIII asrning birinchi yarmida davom etgan o'zaro urushlar va qo'zg'olonlar Buxoro xonligini talon-taroj qilib qolmasdan, balki mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudratini ham pasaytiradi. XIX asr boshlariga kelib yagona xonlik o'rnida Buxoro, Xiva, Qo'qon xonliklari tashkil topadi. Mamlakatning parchalanishi Markaziy Osiyoga Rossiya mustamlakachilarining kirib kelishini ancha osonlashtiradi. Chor hukumati Markaziy Osiyoga inglizlarning kirib kelishining oldini olish uchun dadil harakatlar boshlaydi. Ayniqsa, Buxoro amirligining janubiy sarhadlari, xususan, Termizni egallashga alohida e'tibor beradi.

ADABIY HAYOT



Siyosiy -ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi o'zgarishlar adabiyotda ham o'z aksini topa bordi, bu davrda ham boshqa davrlarda bo'lgani kabi Termiziy taxallusi bilan ko'plab shoirlar samarali ijod qildilar. Quyida shulardan ayrimlarining ijodi bilan tanishamiz.

SURXON VOHASI SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRI


Amir Temur vorislari o'rtasidagi o'zaro toju taxt kurashi, ichki nizolarning jiddiy keskinlashuvi Temuriylar saltanatining inqiroziga sabab bo'ldi. Bu esa Temuriylarga qarashli yerlarning birin-ketin dashti-qipchoqlik Shayboniyxon tomonidan istilo qilinishiga olib keladi. Muhammad Shayboniyxon 1499 yildan boshlab Movarounnahr tomon jiddiy harakat qila boshlaydi, u dastlab Movarounnahrning markaziy shaharlari Samarqand, Buxoro va boshqalarni istilo qilgach, harakatini Temuriylarning janubiy yerlari tomon davom ettiradi. Temuriylar davlatining boshqa hududlarida bo'lgani singari, bu yerlarda ham mahalliy hokimlarning o'zaro bir-birlarini qo'llab-quvvatlamasligi, ishonchsizliklari shayboniylarga qo'l keladi.

понедельник, 17 июня 2013 г.

Varroq at-Termiziy

Varroq at-Termiziy

Bu ulug' zotning ismi-sharifi qadimiy manbalarda quyidagicha bitiladi: Ash-shayx Abu Bakr Muhammad binni Umar al-Hakim al-Varroq at-Termiziy. Ash-shayx va al-Hakim - unvon, Abu Bakr-kunya, Muhammad-ismi, Umar-otalarining ismi, Varroq-taxal-lusidir. At-Termiziy deyilishiga bois, uni boshqa Varroq taxallusli allomalardan farqlash uchun ishlatilgan va shu orqali ul zoti sharifning termizlik ekanligi ta'kidlangan. O'tmishda qadimiy va ko'hna kitoblarni qayta ko'chirish va muqovalash bilan shug'ullangan kishilarga «varroq» deyilgan. Keyinchalik bu istiloh shoir va adiblarga nisbatan ham qo'llana boshlaydi. «Varroq» so'zi arabcha «varoq» so'zidan olingan, Abu Bakrga bu taxallus nima uchun berilgani noaniq, ammo buyuk yurtdoshimizning she'riy devoni borligini mutafakkir Alisher Navoiy e'tirof etadi.

Termizlik olimlar

ADIB SOBIR TERMIZIY

Sobir Termiziy Shahobidsin ibn Ismoil (1147 yili vafot etgan) mashhur shoir, fors tilida ijod etgan. U zolim amir deb nom chiqargan Termiz amiri Axtitni mayparastlikda ayblab, hajviya yozgan. Sulton Sanjar (1118-1157) sa-royida Marvda ham yashagan. Umrining oxirida Xorazmga boradi va Xorazm shohi Otsiz (1127-1156) uning oyoq-qo'lini bog'lab Amudaryoga cho'ktirib yuboradi.

Munjik

Abulhasan Ali binni Muhammad Munjik Termiziy o'z davrining yirik shoiri, hajviyotda yalovbardor, beqiyos mashshoq, xushovoz hofiz bo'lib Chag'oniyon amirlari saroyida nash'u namo topadi. Munjik manbalarda Chag'oniyon amirlari Tohir ibn Fazl (hukmronligi 988- 992) va Abul Muzaffar (hukmronligi 992- 1010) larning maddohi sifatida tilga olinadi hamda qasidalarining benihoya badiiyligi maqtaladi. Shoir Termiz atrofidagi Munjik nomli qishloqda tug'ilgan va taxallusi bois uni Munjik Termiziy, Munjikiy Termiziy, ko'pincha Munjik, goho Munjikiy deb atashadi, o'zi esa she'rlarida Munjik so'zini qo'llaydi. Munjikning hayot yo'li haqida ko'p narsa bilmaymiz, uning tavallud va vafoti sanasi, Chag'oniyonga kelguncha maskani, tahsil yillari qayerda kechgani, Chag'oniyonda necha muddat turgani, so'ngra qaysi tomonlarga ravona bo'lgani aniq emas. Shoirning boy ijodiy merosidan bizgacha atigi 517 misra she'r yetib kelgan va bular adib mahoratiga doir ayrim nuqtalarni anglashda qo'l keladi. 

CHAG'ONIYON ADABIYOTI (X-XI asrlar)


Chag'oniyon tarixiga chizgilar. Ko'hna Surxon vohasi qadim Baqtriya davlati tarkibidagi viloyatlar sirasiga kirgan, bu eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarga to'g'ri keladi. Keyingi asrlarda qadim Baqtriya sarhadlarida yangi davlatlar barpo bo'lib, Baqtriya shu yangi davlatlarning tarkibiy qismlariga aylana boshlaydi. Bular: Ahamoniy (miloddan avvalgi VII-IVasr)lar, Iskandar Zulqarnayn yurish (mil. av. IV asr)lari, Salavkiy (Mil. av. IV-III asr)lar hukumati, Yunon-Baqtriya (mil.av. III-II asrlar) davlati, Saklar (mil. av. II) xuruji, Parfiya davlati (mil. av. I asr), Yuyechje qabila (mil.av. I va milodning I asri)larining kirib kelishi, Kushon saltanati (milodiy I-III asrlar), Eron Sosoniy (III-IV asr)lari shahonshohligi bilan bog'liqlar kasb etadi. Surxondaryo viloyati hududlari ilk o'rta V-VIII asrlarda Taxoriston atamasi bilan yirik tarixiy-madaniy mintaqa tarkibiga tobe edi, ushbu atama dastlab eramizning 383 yilidagi matnlarda paydo bo'la boshlagan. Taxoriston hududlari VI asrga kelib kengaydi va u qator viloyatlarga ega bo'ldi, shunday viloyatlardan Da-mi (Termiz) hamda Chi-o-yan-na (Chag'aniyon)lar hozirgi Surxondaryo zaminida joylashgan edi. 

TERMIZ SAYYIDLARI

TERMIZ SAYYIDLARI

Ko'hna shahrimizdan yetishib chiqqan ko'plab buyuk tarixiy siymolarning hayoti va faoliyati Termizning insoniyat tarixida o'chmas iz qoldirishida asosiy sabab bo'lgan. Ana shunday buyuk tarixiy insonlar orasida Termiz sayyidlari xonadonining namoyandalari ham bor. «Sayyid» so'zi lug'atan arabchada «janob» ma'nosini anglatib payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom avlodlarining faxriy unvonidir.

Abu Muzaffar Termiziy

U o'z davrining mashhur shayxi va tasavvuf olimlaridan biridir. Alisher Navoiyning yozishicha, Abul Muzaffar Termiziyning sevgan so'zlari ushbular ekan: «Kimki senga yaxshilik qilsa, seni o'ziga yaqinlashtiradi, demak, u seni ipsiz bog'lab oladi, kimki yomonlik qilsa, seni o'zidan uzoqlashtiradi, uzoqlashtirish ipsiz bog'lashdan avlorokdir. Ozodlik yaxshimi, qullik?». Abul Muzaffarning ushbu so'zlari zamirida g'oyat ulkan ma'no va mohiyat, mantiq va mazmun tajassum, tasavvuf ilmida xudo vasliga yetmoq uchun ranju alam chekish g'oyalari ilgari suriladi. Sababi, maqsadga osongina yetishga intilmaslik maqbul, uning lazzati, uning mazasi qiynoqlarda namoyon bo'ladi, qolaversa, bir inson boshqasiga mute bo'lmasligi lozim. Ollo taoloning oliy ne'mati - inson, u hur va erkin, ozod va beg'ubor mavjudotlar toifasiga mansub. Abul Muzaffar Termiziy mashhur shayx, tasavvuf ilmining taniqli peshvosi al-Hakim at-Termiziy masjidi (maqbarasi)ning bosh shayxulislomi vazifasini bajargan.

Abu Iso Muhammad at-Termiziy


Dunyo ilmu ma'rifatida alohida obro'ga ega bo'lgan Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso az-Zarir at-Termiziy al-Bug'iy hijriy 209 (melodiy 824) yili Sherobod tumanidagi Chuqurko'l qishlog'ida tavallud topgan. Nuriddin Attor «Al-Imom at-Termiziy val-Muvazanat bayna jomi'ixi va baynas-sahiy-hayn» (Damashq, 1988) kitobida Al-imom at-Termiziy Sheroboddagi Bug' qishlog'ida oddiy kambag'al bir oilada hijriy 209 yilda tavallud topganligini yozadi. Tarixchi olim Abu Sa'ad Abulkarim as-Sam'oniy (1113-1167) o'zining «Kitob al-asnob» kitobida Imom at-Termiziy Bug' qishlog'ida vafot etganligi uchun al-Bug'iy taxallusi bilan ham atalgani haqida yozishiga e'tibor bersak, Bug' qishlog'i Termizdan shimoli-sharqda, Sherobod tumanida joylashganligi, o'sha davrda bu qishloqda ta'lim olish uchun imkoniyat yo'qligi tufayli ilm istab madrasa bor joyga borib ta'lim olganlitini bilish mumkin.

MADANIY HAYOT (SHAHARSOZLIK VA ME'MORCHILIK)

Kushon imperiyasi inqirozidan so'ng Termiz va Chag'oniyondagi madaniy hayotda ham inqiroz alomatlari ko'zga tashlanadi. Eron Sosoniylari qo'shinlarining IV asr oxirida Shimoliy Toxariston yerlariga yurishi oqibatida, dastavval markaziy shaharlar tanazzulli boshlanadi. Termizning Qoratepa va Fayoztepa o'rnidagi diniy markazlar, Angordagi Zartepada hayot tushkunlikka yuz tutadi. Shimoli-G'arbiy Taxoriston ning markaziy shaharlari VI asr boshlariga kelib qayta qaddini rostlab, tiklana boshlaydi. Termiz shahrida 630 yili bo'lgan chinlik sayyoh Xuan Chao shaharda o'nta budda ibodatxonasi mavjudligi haqida xabar berib o'tgan. Yana bir boshqa chinlik jahongashta Syuan'-Szyan' 639-645 yillarda bu zaminlarga tashrif buyurganida Dami (Termiz) haqida, mudofaa devorining uzunligi 10 kilometr (20 li), Chag'oniyonning markaziy shahri devori 5 kilometr (10 li)ga teng bo'lgani xususida diqqatga molik ma'lumotlar beradi.

ILM-FAN

Qadimiy Movarounnahr sarzaminida shuhrat tutib jahon bo'ylab ilmu urfon taratgan Buxoro, Samarqand va Urganch kabi shaharlar sirasiga Termiz shahri ham kiradi. Bunga, eng avvalo, Termiz shahrining qulay geografik joylashuvi ko'p jihatdan omil bo'lib xizmat qilgani sir emas. Boisi, mavj urib oqayotgan asov Oks daryosi sohilida qad ko'targan ko'hna Taramata («Avesto»da Tara Maeta, goho Maetha) shahri o'zining mustahkam mudofaa devorlari bilan jahon fotihlari ahamoniy shoxlar - Kir va Doroni hamda makedoniyalik Iskandar Zulqarnaynlarni lol qoldirgan edi. Termiz shahri Balx shahri kabi zardushtiylik va buddaviylik dinlariga ham maskan, ham Vatan ekani fanda allaqachon o'z isbotini topgandir. Bu ikki shahar mashhur Araks (Amudaryo)ning o'ng va so'l sohillarida joylashgan hamda doimiy ravishda bir-birining ijtimoiy-siyosiy hayotiga o'zaro ta'sir ko'satib turar edi. O'ng sohil shahri Termiz va chap sohil shahri Balx o'z tarixi hamda osori-atiqalari jihatidan qimmatli qirralarni namoyon etadi.

SURXONDARYONING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI

IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT
Eramizning I-IV asrlarida hukmronlik qilgan Kushon imperiyasi davrida Surxondaryo vohasi iqtisodiy, madaniy jihatdan taraqqiy etadi. Ammo III asrning ikkinchi yarmida saltanatda yuz bergan kuchli to'qnashuvlar, imperiyani halokat yoqasiga olib keladi. Kushon saltanati Eron Sosoniylari qo'shinlari tomonidan mag'lubiyatga uchragach, uning yerlarida bosqinchilarga qaram viloyat tashkil etiladi. Bu yerlar asosan Baqtriya - Toxariston hududiga to'gri keladi, viloyatni asosan sosoniy shahzodalar idora qila boshlaganlar.
Al-Hakim at-Termiziy asarlari
Xakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlar soni to`g`risida yozma manbalarda turli raqamlarkeltirilgan. Ba`zi mualliflar uning asarlari adadi to`rt yuzga boradi, deyishgan. Biroq ko`pchilik mualliflar uning asarlari soni saksonga yaqin, deb hisoblashadi.

Al-Hakim at-Termiziy hayoti


Bu allomaning to`liq ismi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir (ayrim manbalarda Bishr) al-Hakim at-Termiziy. Hakim at-Termiziyning ilmiy va ijodiy faoliyati haqida ma`lumot Tojiddin Subkiy ("Tabaqot ash-shafi`-iyya al-Kubro"), Xotib al-Bag`dodiy ("Tarixi Bag`dod"), Ibn Hajar al-Asqaloniy ("Lison al-miyzon"), as-Sulamiy ("Tabaqot as-sufiyya") va boshqa bir qator olimlar asarlarida keltirilgan.

Сурхондарё Кушон подшолиги даврида

Милодий 1-1V асрларда ҳукмронлик қилган Кушон подшолиги нафақат Сурхондарё тарихида, балки бутун Марказий Осиё халқларининг иқтисодий ва маданий тараққиётида муҳим рол ўйнаган давлатлардан бири саналади.

ШИМОЛИЙ БАҚТРИЯНИНГ КУШОН ДАВРИ МАДАНИЯТИ


        Шаҳарсозлик. Илк бор Бақтрияда шаклланган Кушон подшолиги  даврида Шимолий Ҳиндистон ва Бақтрия ижтимоий-иқтисодий тараққиётда юксалишга эришган. Сурхондарё вилоятининг ўзидагина мавжуд 150 дан ортиқ Кушон даврига оид шаҳар, қишлоқ, қалъа ва диний иншоотлар бу даврда юз берган иқтисодий ва маданий тараққиётдан далолат беради. Бу даврда Шимолий Бақтрияда икки йирик марказ шаклланади. Бири Окс (Амударё)нинг ўнг қирғоғидаги Тармита (Термиз) бўлса, иккинчи марказ Чағонруд (Сурхондарё)нинг ўрта оқимидаги Далварзинтепа ўрнида мавжуд бўлган.