четверг, 30 мая 2013 г.

CHAG’ANRUD


XIII asrning ikkinchi yarmida Termizning Chingizxon talofatidan omon qolgan qismida 865 yilda Balx hokimi vazifasidan bo’shab, ko’chib kelgan yirik mulk egasu Muhammad (s.a.v) payg’ambarimiz avlodi sayyidlar Hasan al-Amir dafn qilingan maqbara (hozirgi Sulton Sulton maqbarasi) tevaragi shahar rivojlanadi.

QORATEPA


Qoratepa-qumgil aralash sement qorishmasidek uch qirrali tabiiy tepalikdan iborat. Tepalik ustida o’simlik deyarli o’smaydi. Shu boisdan u Qoratepa deb ataladi. Qoratepa mahalliy nom bo’lib, arxeologlar tomonidan abadiylashtirilgan.

TERMIZ HAQIDA


Termiz – Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi. Amudaryoning o’ng sohilida, Afg’oniston xhegarasiga yaqin, o’rtacha 310 metr balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yo’l stansiyasi bor. Maydoni 27,8 km2. iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (O’zbekistondagi eng issiq shahar – eng yuqori temperatura 49,50, 1914 yil 21 iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik o’rtacha temperature 16-180 . Yillik yog’in 133 mm.

понедельник, 27 мая 2013 г.

ESKI TERMIZ KO’SHKI

O’rta asr Termizi raboti o’rtasida, uning shimoliy devori yaqinida bir qator inshootlar bor ediki, ularning pishiq g’ishtlari allaqochonlar tashib ketilgan. Bu imoratlar eskiddan (Kushonlar davrida) odamlar yashab kelgan joylarlarda qurilgan bu yerlar, III-IV asrlarda kushonlar tashlab ketganidan keyin bo’sh yotgan. Yuqorida aytib o’tilganidek, II asrda yer qimrlashi oqibatida ko’pgina inshootlar, uy-joylar vayronaga aylanadi. Balki, shu yillar urf-odati uchun irim qilingan, yoki tiklashni iloji bo’lmagandir. Shu tufayli, buddizm ibodatxonalari, monastirlari qurilishi Kushon Termizining shimoliy sharqida Zo’rmo’la atrofida rivojlantiriladi.
Ilk o’rta asrlarda bu yerlar tiklangan. VI-VII asrlarda katta bo’lmagan, lekin o’z shakli bo’yicha  diqattaga sazovor feodal qasri (qo’rg’oni) – saroyi qurilari.
Ko’shkning pastki qismi 25x25 metr bo’lib, paxsa devordan ko’tarilgan. Uning bosh o’qi bo’ylab yotgan markaziy dahlizi, uning ikki tomonida beshtadan uzunroq xonalari bo’lgan. Dahliz va xonalar gumbazlar bilan yopilgan. Devorlarida teshiksimon derazalar bo’lgan.
            Ko’shkning ikkinchi qavati yengil materiallardan yopilganbo’lib, yozda yashashga mo’ljallangan.
            Termiz qo’rg’oni O’rta Osiyo qasriga xos ko’shk edi. U ko’p asrlar odamlarga xizmat qildi. Islom dini rivoji davrida uning yaqinida qurilgan masjid va qo’shimcha xonalar ziyoratga keluvchilar uchun yotoqxona, sayyoh darveshlar uchun xonaqoh vazifasini o’tadi.
Shoniyoz Safarovning Termiz va Termiziylar kitobidan

TERMIZSHOHLAR SAROYI


Termizshohlar saroyi XI asrda qurilgan baland devorlar bialn o’ralgan katta inshoot bo’lgan. Saroy jamlanmasi katta hudud (7 gektar)ni tashkil etib, to’rtburchak tarxda qurilgan. Saroyning bosh fasadida yirik peshtoqli eshik to’rt burchakli hovliga olib kiradi. Imoratlar bilan o’ralgan keng hovli o’rtasida sopol quvurlar suv bilan ta’minlanib turuvchi 8,5x8,5 metrli hovuz, mehmonxona (dahlizli katta zal) oldida 4 ta kvadrat ustunli ayvon bo’lgan. Bosh eshik qarshisida peshtoq ayvonli cho’zinchoq qabulxona zali bo’lib, uning uch tomonidan ikki qavatli gumbazlar o’ragan, old tomoni ochiq bo’lgan. Shu tomon qimmatbaho parda bilan to’silgan. Shu cho’zinchoq xona to’rida podshoh taxti turardi.
X-XII asrlar me’morchiligining diqqatga sazovor na’munalaridan bo’lgan. Termiz hukmdorlarining qarorgohi 1925-1926 va 1936-1937 yillarda qazib o’rganilgan paytda ganch panjara, rangdor oyna, ganchga bo’yab ishlangan tasvir qoldiqlari, jumladan qush, otliq tasviri tushirilgan va gul bezaklari bo’lgan shisha medalon topildi. Balki shu topilma podshoh peshonasiga qadab qo’yiladigan medalon bo’lishi ham mumkin. Qazilma davrida saroy bir necha marta ta’mirlanganligi aniqlanadi.
XII asrda (1129-1130 yillari) g’aznalik Sulton Abdul Muzaffar Bahromshoh tomonidan yangi bezaklar bilan saroyning qabul zali esa ganch o’ymakorligi bilan bezatilgan, unga uch qavatli kesma bezak berilgan, devorlariga afsonaviy mahluqlarning tasviri tushirilgan.
Imorat g’ishtdan ustalik bilan, qandasa to’ri asosida terilgan, tagi (poli) pishshiq g’isht yotqizilgan.
1220 yilda Termizni Chingizxon qo’shinlari qamal qilgan. Termizliklar qattiq qarshilik ko’rsatganligi uchun saroy, boshqa ko’pgina imoratlar qatorida obdon ta’mirlanayotgan vaqtda vayron qilinadi. Qurilish materiallar, bo’yoq va ganch idishlari qoldiqlari buning guvohidir. Xarobalar saqlanmagan. Termizshohlar saroyi uch davr qurilishi bo’lib, o’rta asr me’morchiligining o’ziga xos va betakror na’munasi bo’lgan.