четверг, 30 мая 2013 г.

TERMIZ HAQIDA


Termiz – Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi. Amudaryoning o’ng sohilida, Afg’oniston xhegarasiga yaqin, o’rtacha 310 metr balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yo’l stansiyasi bor. Maydoni 27,8 km2. iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (O’zbekistondagi eng issiq shahar – eng yuqori temperatura 49,50, 1914 yil 21 iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik o’rtacha temperature 16-180 . Yillik yog’in 133 mm.

Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan ma’lumotlar Termizning Sharqning qadimiy shaharlaridan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik o’rni, strategik ahamiyatga molik joyda joylashganligi, sharqni  g’arb, janubni shimol bilan bog’lovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratadi. Buyuk ipak yo’lining muhim bir tarmog’I ham Termiz orqali o’tgan.
Miloddan avvalgi IV – III asrlarda 10 gektar maydonni egallagan Termizning qadimiy qal’asi o’rnida aholi manzili bo’lgan. Hofizi Abro’yning yozishicha, shahar nomi “Taramastxa” (baqtriyacha “nariga sohildagi manzil”) so’zidan olingan bo’lib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan. 10 asrdan Termiz deb atala boshlagan.
Termiz mill. Avv. III – II asrlarga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylanadi. Ashyoviy dalillarga ko’ra bu davrlarda shaharda me’morchilik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari, Salavkiylar, Yunon – Baqtriya shohlari Tovar – pul muomilasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaragandan ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi.

Shaharni Termizshohlar idora qilgan davrda hokimlikning poytaxti bo’lgan. Arablar bosib olgan davrda Termiz 70 gektarga yaqin maydonni egallagan, to’rtburchak shakldagi qal’adan iborat bo’lgan. 10 – asrda yozilgan “Hudud ul-Olam” asarida Termiz “Jayhun bo’yidagi ko’rkam va obod shahar. Qal’asi daryo bo’yida, ulkan bozori mashhur, Xuttalonva Chag’aniyon ahli shu yerda savdo qiladi”, deb ta’riflangan.

O’zbekiston Respublikasi Milliy Ensiklopediyasi

Комментариев нет:

Отправить комментарий