четверг, 30 мая 2013 г.

QORATEPA


Qoratepa-qumgil aralash sement qorishmasidek uch qirrali tabiiy tepalikdan iborat. Tepalik ustida o’simlik deyarli o’smaydi. Shu boisdan u Qoratepa deb ataladi. Qoratepa mahalliy nom bo’lib, arxeologlar tomonidan abadiylashtirilgan.

Qoratepa Termiz qal’asi yaqinida, qadimiy devorlarning yuqorisida, uning shimoliy-g’arbiy darvozasi yonidadir. U eramizning birinchi asrida buddizm targ’ibotlari guruhi-buddistlar koloniyasi tomonidan budda ibodatxonasin qurish uchun o’zlashtirilgan. Buning uchun ular qisman tepalikni o’yib (kovlab), qisman uning yonbag’irlarida inshootlar va ularning bo’limlarini qurdilar. Tepalik relyefi bu yerda bir necha o’nlab katta va kichik o’yma xonalar kompleksiga qurilishiga sabab bo’ldi. Har bir kompleks maxsus o’yma xonalardan (g’orlardan), dahlizlrdan va tashqi imoratlar-ibodatxona (ziyoratgoh) – hovlidan iborat. Har bir o’ymaxon mustaqil bo’lib, ayrimlari o’zaro dahlsizlar bilan bog’langan, ayrim xonalar  ikki qavatlidir. Yuqori qavatdagi zinopoyalar bilan birlashtirilgan. Komplekslar bir xil bo’lmasdan, o’ziga xos me’morchilik uslubida, lekin umumiy qoidaga bo’ysungan holda qurilgan.
Har qaysi kompleks berk (alohida) hovlicha, ko’tarma supachadan iborat bo’lib, uning usti quyosh nuri tushmasligi, yomg’ir tegmasligi uchun yog’och ustunlar bilan ko’tarilgan ayvonlar bilan yopilgan edi. Mehroblarda dudda vo bodisatv (budda murabbiysi) ning haykallari bo’lardi.
Hovli, o’yma xonalar monax hujrasiga olib boradigan o’yma gumbazli dahliz orqali tutashtirilgan. Hovlidan monax hujrasiga, ziyoratgohga va xo’jalik xonalariga yarim yerto’la bino orqali ham yo’lak bo’lardi.
Ziyoratgohlardan biri uch tomondan dahliz bilan aytarilgan to’rt burchakli xona bo’lib, u ohakgil suvoq ustidan qizil rangli bo’yoq bilan bezatilgan edi.
Xonalarning ko’pida buddizm memorial inshooti – hovoncha, boshqalarida binoga tutashtirib solingan peshayvonlar bo’lardi.
O’yma xona ibodatxonalari va hovli ibodatxonalari ayvonlari devorlari budda-xuda tasviri va ushbu naqshlarni buyurgan shaxsning tasviri hamda budda yoki mahalliy ilohiy naqllar, rivoyatlar voqealar mavzusida ishlangan sur’atlar, hashamatli naqshlar bilan bezatilgan.

Markaziy o’yma xona dahlizlar bilan aylantirilib, o’rab olingan. O’yma xonalar va aylanma dahlizlar devorida o’yma tokchalar bor. O’yma xonalar devoir, shifti, yeri loysuvoq qilinib, oqlangan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий