Мил. авв. 250 йилда Бақтрия сатрапи Диодот Бақтрия ерларини Салавкийлар давлатидан ажратиб, ЮнонБақтрия давлатига асос солади. Бу даврда ЮнонБақтрия давлатига нафақат Бақтрия ерлари, балки
Сўғдиёна ва Марғиёна ерлари ҳам бўйсуна бошлаган
эди. Бақтрия ерларининг Салавкийлар давлатидан ажралиб чиқиши аҳолига бир қадар енгиллик беради.
четверг, 13 июня 2013 г.
вторник, 11 июня 2013 г.
YUNON-BAQTRIYA VA KUSHON PODSHOLIKLARI DAVRIDA SURXON VOHASI
YUNON-BAQTRIYA VA KUSHON
PODSHOLIKLARI DAVRIDA SURXON VOHASI
Miloddan avvalgi III asr o'rtalarida Baqgriya satrapligining salavkiylar markaziy hokimiyatiga nisbatan muxolifati kuchayadi. Miloddan avvalgi 250 yilda Baqtriya satrapi Diodot Baqgriya yerlarini Salavkiylar davlatidan ajratib, Yunon-Baqtriya davlatiga asos soladi.
BAQTRIYA YERLARI ERON AHAMONIYLARI VA ISKANDAR ZULQARNAYN SALTANATI TARKIBIDA
Ma'lumki, qadimgi Baqtriyaning hududiy joylashuvi va
geografik chegaralari haqidagi masala XIX asrdan boshlab muhim ilmiy muammo
sifatida o'rganib kelinmoqda. 1877 yili avstraliyalik sharqshunos V.Tomashek
birinchilardan bo'lib Baqtra satrap(hokim)ligining Oksdan shimolga yoyilganligi
haqidagi g'oyani ilgari surgan edi. Bu g'oyani arxeologiya ma'lumotlariga
asoslangan M.M.Dyakonov rivojlantirdi va «Shimoliy Baqtriya» tushunchasini
ilmiy muomalaga kiritdi. Shu davrdan boshlab bu atama shimoldan Hisor tog'
tizmasi, g'arbdan Ko'hitang tizmasi, janubdan Amudaryo, sharqdan Pomir
tizmalari bilan chegaralanuvchi keng geografik hududni anglatadigan bo'ldi.
SURXON VOHASI ILK TEMIR DAVRIDA. DASTLABKI DAVLATCHILIK BIRLASHMALARINING SHAKLLANISHI
Sopolli madaniyatining inqirozi natijasida vohada yangi bir
madaniyat, ya'ni Kuchuktepa madaniyati shakllandi. Kuchuktepa madaniyati
Sopolli madaniyatidan sinfiy munosabatlarning yanada kuchayuvi bilan
farqlanadi. Kuchuktepa madaniyatida ko'zga tashlanadigan yana muhim bir
xususiyat sun'iy sug'orishga asos-langan anhorning barpo qilinishidir. Chunki
bronza davrida ziroatkorlik xo'jaligi asosan soy va daryolarning bo'ylarida
shakllangan bo'lsa, bu davrga kelib yangi yerlar o'zlashtirildi va anhorlar
qazildi. Ana shu xil sug'orish manbalari asosida Sherobod, Bandixon, Sho'rchi
dehqonchilik markazlari shakllandi.
Ushbu dehqonchilik o'lkalarida Kuchuktepa, Tallashqon, Jondavlatgepa, Qiziltepa, Hayitobodtepa, G'ozimulla, Bandixontepa kabi istehkomli qo'rg'onlar qad rostladi. Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmidan boshlab temirdan yasalgan mehnat qurollarining keng miqyosda yoyilishi jamiyat hayotida tub o'zga-rishlar sodir bo'lishiga olib keldi. Arxeologik tadqiqotlar natijasiga ko'ra Surxon vohasida so'nggi bronza va ilk temir davriga oid qadimiy madaniyat namunalari nihoyatda ko'p ekanligi aniqlandi. Miloddan avvalgi bir ming yillikning birinchi yarmidan boshlab vohada temirdan mehnat va urush kurollari yasala boshlaganligi ilmiy isbotlandi va ishlab chiqarishning xo'jalik shakllari yana gurkirab rivojlandi. Sherobod, Boysun, Jarqo'ton, Bandixon, Sho'rchi tumanlaridan topilgan tarixiy-arxeologik manbalarga tayanib viloyat hududida ziroatchilik bilan shug'ullanish usullari nihoyatda qadimiy va an'anaviy ekanligini bilish mumkin. Surxon vohasida dexqonchilikning takomillashib borganligini sun'iy sug'orish shaxobchalarining barpo qilinishi natijasida paxta, arpa, don, zig'ir, kunjut, qovun urug'lari qoldiklari namunalarining topilishidan ham bilish mumkin. Ajdodlarimizning tinimsiz izlanishda bo'lganliklarini isbotlovchi manbalar beqiyos, masalan miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oid Bandixon vohasidagi sun'iy sug'orishga oid kanal qoldiqlari, murakkab mudofaa inshootlari, Bandixontepa, Kuchuktepa, Qiziljartepa manbalari bunga misol bo'la oladi. Shunday boy tarixiy manbalarni o'rganish va ularni ilmiy tadqiq etish muhim ahamiyatga molik hamda kechiktirib bo'lmas vazifadir.
Surxondaryodagi qadimgi madaniyat jahon sivilizasiyasi yutuqlarida o'z o'rni hamda salohiyati bilan ajralib turadi, ana shunday joylardan biri Kuchuktepa yodgorligidir. Vohadagi arxeologik qazilmalar boy tarixiy merosimizni o'rganishni yanada mukammallashtirib, o'tmish ajdodlarimiz turmush tarzini yori-tishga alohida hissa qo'shmoqda. Kuchuktepa yodgorligi miloddan avvalgi IX-VIII asrlar (Muzrobod tumani)ga oid bo'lib, bu yerdan qo'lda yasalib, ustiga qizil buyoqda naqsh solingan sopollar chiqdi. Kuchuktepaning ustki qatlamlaridan esa silindrkonus shakliga ega bo'lgan va kulolchilik charxida juda puxta qilib ishlangan idishlar topildi. Akademik A. Asqarov Kuchuktepa majmualarini davrlashtirib, Kuchuk I majmuasini miloddan avvalgi XI-VIII asrlar yoki so'nggi bronza davri, Kuchuk II, III va IV larni esa miloddan avvalgi VIII asrning ikkinchi yarmi va V asr boshlari bilan belgilashni qayd etdi. Kuchuktepa xarobalaridan topilgan xom g'isht va paxsadan bino qilingan istehkomlar, ular atrofidagi to hozirgi kungacha saqlanib qolgan sug'orish ariqlarining quruq o'zanlari, sopol va metall buyumlar so'nggi bronza va ilk temir davri madaniyatini o'rganishga imkon beradi.
Kuchuktepa madaniyati keyinchalik Baqtriya madaniyati uchun asos bo'lib xizmat qilgan. Surxon vohasida ilk temir davriga oid yodgorliklar ham anchagina bo'lib, bunga Jondavlatgepa, Qiziltepa, Tallashqontepa, Bandixontepa, G'ozmulla va Hayitobodtepa kabi yodgorliklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Dehqonchilik maydonlarining kengayishi, mehnat qurollarining takomillashuvi va Bandixon vohasida sun'iy sug'orish inshootining barpo etilishi natijasida mehnag unumdorligi oshib, qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarila boshladi. Ortiqcha mahsulotning paydo bo'lishi esa ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga sabab bo'ldi.
Temir buyumlarini hayotda keng miqyosda qo'llash qishloqlar taraqqiyotiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Qishloqlarning atroflari mudofaa devorlari bilan o'ralib, ushbu manzilgohlar qal'alarga aylanib bordi.
Shu davrda ham dehqonchilik o'lkasi o'zining bosh shahriga, qishloq qo'rg'onlariga, harbiy istehkom va ibodatxonalariga ega bo'la boshladi. Arxeolog olimlardan A. Asqarov, L. I. Albaum va A. Sagdullayevlar tomonidan ushbu davrni o'rganish borasidagi sa'y-harakatlar natijasi o'laroq Qiziltepa va Hayitobodtepa shahar-larining umumiy maydoni 10-22 gektar atrofida ekanligi aniqlandi. Ushbu shaharlar mudofaa inshootlari bilan o'ralgan bo'lib, asosan 2 qism, ya'ni arki a'lo va shahriston qismlaridan iboratdir. Sho'rchi tumanida joylashgan Qizilcha yodgorligi ham qadimgi Baqtriya uy-qo'rg'onlaridan biri bo'lib, bu yerdagi uy-joylar paxsa va xom g'ishtdan barpo etilgan. Bu yerning aholisi ham sug'orma dehqonchilik va hunarmandchilik xo'jaliklari bilan shug'ullangan.
Miloddan avvalgi II ming yillik oxiri - I ming
yillikning birinchi yarmida vohada ibtidoiy muno-
sabatlarning to'liq yemirilib, sinfiy jamiyatga o'tish
jarayoni sodir bo'ladi. So'nggi bronza va ilk temir davrida o'troq dehqonchilik bilan shug'ullangan aholining madaniy jihatdan chorvador qabilalarga nisbatan ancha ustunligi seziladi. Xullas, Surxondaryo vohasida so'nggi bronza davriga mansub atrofi mudofaa devorlari bilan o'ralib mustahkamlangan qishloq xarobalarining topib tekshirilishi bronza davri madaniyatini o'rganishda juda boy va qimmatli manbalar berdi. Keyingi yillarda o'tkazilgan arxeologik tekshirishlar tufayli ilk temir davriga oid bir qancha ajoyib madaniyat yodgorliklari aniqlandi.
Sinfiy tabaqalanish kuchaygan sayin jamiyatni boshqarish qiyinlashadi. Jamoa boyliklarini taqsimlash, jamoani boshqarish, sug'orish inshootlarini barpo qilish, xo'jalik ishlarini yo'lga qo'yish, urug' va qabilalararo munosabatlarni tartibga solish, qo'shni qabilalar hujumini bartaraf etishni tashkil etish davlat zimmasidagi muhim vazifa edi. Xullas, miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Surxon vohasi hududlarida davlatchilik munosabatlarining shakllanishi uchun ehtiyoj tug'iladi va shu zaruriyat asnosida tarixi 2700 yilga borib taqaladigan qadimgi Baqtriya davlati qaror topadi. Qadimgi Baqtriya davlati Eron ahamoniylari istilosiga qadar shakllangan davlat birlashmasi edi. Qadimgi Baqtriyani boshqargan sulolalar to'g'risida biron-bir ilmiy xulosaga kelish qiyin.
Ahamoniylar saroyida tabiblik qilgan yunon muarrixi Ktesiy(430-354)ning «Persika» asarida Baqtriya la'li to'g'risida hamda Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan istilochilik yurishlari haqida ma'lumotlar mavjud. Ktesiyning ma'lumotlariga ko'ra, o'sha paytda Baqgriyaning podshosi Oksiart ismli kishi bo'lgan. Ninning Baqtriya zaminiga juda katta qo'shin bilan hujum qilganligini inobatga oladigan bo'lsak, o'sha davrda Baqtriyaning harbiy qudrati ancha yuksak darajada ekanini taxmin qilish mumkin. Bu davrda Baqtriya aholisining katta qismi ziroatkorlik va hunarmandchilik bilan mashg'ul edi. «Avesto»ning «Videvdat» (ikkinchi nomi «Vendidod») kitobida Baqtriya eng yaxshi mamlakatlar va o'lkalardan biri sifatida e'tirof etiladi. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf()Baqtriya nomining kelib chiqishi haqida to'xtalib, «Baqtriya daryosi nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan» deb hisoblaydi.
Miloddan avvalgi 700-540 yillar qadimgi Baqtriya davlatining rivojlangan davri hisoblanadi. Baqtriya davlatining bu qadar yuksak darajada rivojiga qudratli shahar va qal'alarning ushbu davlatning markaziy savdo yo'llari ustida joylashganligi, hunarmandchilik rivoji va boshqa omillar sabab bo'lgan. Shunday qilib Eron ahamoniylari istilosiga qadar Janubiy O'zbekiston mintaqasida qadimgi Baqtriya davlati mavjud edi. Ushbu davlatning istehkomli qal'a va shaharlari sifatida Kuchuktepa, Qiziltepa, Tallashqon va Bandixon-2 manzilgohlarini ko'rsatish mumkin. Bularning har biri mahalliy hokimlarning o'rdasi hisoblanib, Qadimgi Baqtriya podsholigi esa ushbu tuman va viloyatlarni birlashtiruvchi harbiy demokratik tipdagi konfederasiya edi.

JEZ DAVRI YUTUQLARI
Inson aql-zakovatining o'sib borishi tabiatga bo'lgan
qiziqishni oshirdi. Odamlar endilikda tabiatning sir-asrorlarini o'rgandi,
natijada asta-sekin tabiatni o'zlashtirishga kirishib katta mehnat
muvaffaqiyatlariga erishdi.
Chin (Xitoy), Misr, Hindiston, Bobil (Vavil-Vaviloniya) davlatlari kabi qulay
tabiiy iqlimga ega bo'lgan Surxon vohasida ham dehqonchilikni rivojlantirish
uchun nihoyatda yaxshi imkoniyatlar mavjud edi. Shu tufayli, tadqiqotchilarning
ta'kidlashlaricha, miloddan avvalgi III ming yillik oxiri va II ming yillik
boshlarida bronza asriga doir mexnat qurollarining takomillashib borishi
tufayli Surxondaryoning deyarli hamma joylarida ziroatchilik va chorvachilik
yaxshi rivojlangan.
Sherobod, Sho'rchi, Bandixon tumanlari hududlarida o'tkazilgan arxeologik
qazish ishlari tufayli Sopollitepa, Mullali, Jarqo'ton kabi yodgorliklarda
urug' jamoasi makonlari topildi. Sopollitepa madaniyati Janubiy O'zbekistonda
shakllangan va sun'iy sug'o-rishga asoslangan ilk makon bo'lib, qadimshunos
olimlar bu yerdan ziroatchilikka oid bug'doy, arpa, suli, paxta urug'lari
qoldiqlarini, kulolchilik, charxni ishlatish, xunarmandchilik turmushiga doir
ashyolar va san'at namunalari qoldiqlarini topdilar. Eng muhimi qabilani tashqi
dushman hamlasidan himoya qilish maqsadida qurilgan qo'rg'on uch qatorli
mudofaa devori bilan o'rab olingan. Qo'rg'onning umumiy maydoni bir gektarga
yaqin bo'lib, unda sakkizta mahalla istiqomat qilgan uylarda mo'rili o'choq,
ayrim xonalarda sandal o'rni, ganch suvoq qoldiqlari topildi. Kulolchilikka oid
20 dan ziyod xumdonlar, sifatli nafis qadah, ko'za, xum, choynak, lagan,
mudofaa qurollari, idishlar, ko'zgu, to'qimachilik, ip va ipak mato qoldiklari
topib o'rganildi.
Sopollitepada istiqomat qilgan ajdodlarimiz bronza davridayoq qo'shni xalqlar
bilan bevosita yaqindan aloqada bo'lganlar. Xususan, bu yerdan topib
o'rganilgan ko'pgina buyumlar Janubiy Turkmanistonda to-pilgan buyumlarga juda
o'xshashdir. Miloddan avvalgi XVIII-XV asrlar oralig'ida Sopollitepa
manzilgohida qizg'in hayot mavjud bo'lgan, ammo miloddan avvalgi XV asrda
O'lanbuloqsoy suvlarining qurishi oqibati-da sopollitepaliklar bu manzilgoxni
tark etib, Sherobod daryosining qadimiy irmog'i hisoblangan Bo'stonsoy
qirg'oqlariga ko'chib o'tib, bu yerda Jarqo'ton nomi bilan ma'lum va mashhur
bo'lgan ilk shahar madaniyatini shakllantirganlar.
Jarqo'tonliklar ruhiy va ma'naviy kamolot borasida ham ajdodlariga nisbatan
ancha yuksaklikka erishganlar. Bu yerda olib borilgan arxeologik izlanishlar
jarayonida qabrlardan topilgan turli xil hayvonlar va parrandalarning
tasvirlari tushirilgan muhrlar va belgilar jarqo'tonliklar diniy e'tiqodida
tote-mistik tasavvurlarning bir qadar ildiz otganligi, shuningdek, mug'onalik
odatlarining mavjud ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, bu yerdan olov
ibodatxonasi ham topib o'rganildi. Ushbu ibodatxona shahar maydonining eng
baland joyida barpo etilgan, bu esa Jarqo'tonning nafaqat siyosiy va iqtisodiy
markaz, balki uning ayni shu mintaqada o'sha zamon odamlari uchun ruhiy va
ma'naviy markaz bo'lganligining ham birdan-bir isbotidir. Yuqorida
ta'kidlaganimizdek, jarqo'tonlik ajdodlarimiz o'zlarining shahar, qabila, urug'
oqsoqoliga taalluqli muhr va tamg'alariga ega bo'lib, unda burgutning qanot
qoqib uchayotgan tasviri, to'rt xil ilonning harakatlanib turishi, har xil
parranda va hayvonlarning, to'qay mushugi, tog' echkisi, sher, cho'chqalarning
surati tasvirlangan.
Arxeologlar miloddan avvalgi II ming yilliklarga oid zardushtiylik dinining
paydo bo'lishini ham Jarqo'ton misolida taxmin qildilar. Zardushtiylik dini
odatlariga ko'ra to'rt narsa muqaddas hisoblangan: 1. Suv. 2. Tuproq. 3. Havo.
4. Olov. Zardushtiylik dini an'analariga ko'ra o'lgan kishini dafn qilishda ana
shu to'rt narsaga qattiq amal qilganlar:
1. Suvga tashlash mumkin emas, chunki suv muqaddas.
2. Tuproqqa ko'mish mumkin emas, chunki tuproq muqaddas.
3. Havoga tashlash mumkin emas, chunki havo muqaddas.
4. Olovga tashlash mumkin emas, chunki olov muqaddas.
Shuning uchun bu davrda o'lganlarni tog'u toshlarga,
odam yashamaydigan joylarga olib borib maxsus daxmalar ustiga qo'yib, murdaning
go'shtini yirtqichlar, qarg'a-quzg'unlarga yedirganlar, murdaning suyaklarini
esa maxsus idishlarga, ya'ni ostadonlarga solib qo'yganlar.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ni arxeologlar miloddan avvalgi
I ming yilliklarning o'rtalarida paydo bo'lgan deb hisoblaydilar. Bu dinning
haqiqiy vatani qayerdaligini belgilash to'g'risida tortishuvlar, bahsu
munozaralar va noaniqliklar bor edi. Arxeologlarning 1982 yildan Sherobod tumanidagi
qadimgi yodgorliklarda olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari bu fikrlarga ancha
aniqlik va tuzatishlar kiritdi. Ba'zi olimlar bu dinning vatani Xorazm deb
hisoblasa, ikkinchi bir guruhi Eron deb da'vo qilar, uchinchilari esa Baqtriya,
to'rtinchi-lari So'g'd deb hisoblar edi. Xullas, Jarqo'ton yodgorliklaridan
topilgan topilmalar zardushtiylik dinining dastlab Baqtriya, ya'ni Baqtriyaning
shimoliy qismida, hozirgi Surxondaryo viloyati hududida bronza davrida paydo
bo'lganligini isbotlab berdi. Bu zardushtiylik dini paydo bo'lishi tarixini
500-600 yil, ya'ni bundan 2500-2600 yilga qadimiylashtirish imkonini berdi.
Humo deb atalgan qush qiyofasidagi idishlar, ostadon deb atalgan suyakdonlar,
zardushtiylik dini an'analariga muvofiq ko'mish usulining paydo bo'lishi ham
ushbu fikrlar isbotidir.
Arxeolog olim, akademik A. A. Asqarov Sopollitepa va Jarqo'ton qishloq xarobasi
va qabristonini to'liq o'rganib, ushbu yodgorliklar ko'hna Baqtriya hududidagi
qadimgi Sharq sivilizasiyasi va madaniyatining bir bosqichi ekanligini ilmiy
jihatdan asosladi. A. Asqarov va uning shogirdlari butun manbalarni uch
bosqichga bo'lib, Sopollitepaning ustki qatlamlaridan chiqqan ashyolarni
«Sopolli bosqichi», Sopollitepaning ustki qatlamlaridan va Jarqo'tonning ostki
qatlamlaridan chiqqan ashyolarni «Jarqo'ton bosqichi», Jarqo'tonning yuqori
qatlamidagi manbalarni «Mullali bosqichi» deb yuritdi. Arxeolog olim B.
Abdullayev Jarqo'ton qabristoni manbalarini sinchiklab o'rganib, «Mullali
bosqichi»ning ikki davrdan: «Ko'zali» va «Mullali» davrlaridan iboratligini
ilmiy asosladi. Shunday qilib, Sopolli madaniyati to'rtta bosqichga bo'linib,
uning birinchi bosqichi: «Sopolli bosqichi»- miloddan avvalgi XVII-XV asrlar,
ikkinchi bosqich - «Jarqo'ton bosqichi» miloddan avvalgi XV- XIV asrlar, uchinchi
bosqich - «Ko'zali bosqichi» miloddan avvalgi XIV asr o'rtalari va XIII asr,
to'rtinchi bosqich - «Mullali bosqichi» miloddan avvalgi XII- XI asrlarga oid
deb belgilandi.
Sopolli madaniyati davrida kulolchilik charxida tayyorlangan idishlar shaklining
yetukligi va jarangdorligiga hech qaysi boshqa sopol idish tenglasha olmaydi.
Sopolli madaniyatining barcha bosqichlarida sopollar, garchi bir-biriga
o'xshasada, sinchiklab qaralsa, ularning bir-biridan farqi seziladi. O'zining
nozikligi va shaklining yetukligi jihatidan «Sopolli bosqichi»ning sopollari
boshqa barcha bosqich sopollaridan o'zining uslubi bilan ustun turadi.
Jarqo'ton bosqichi sopollari «Sopolli bosqichi» sopollariga qaraganda og'ir va
ancha qo'pol ishlangan. O'zbekistonning janubida bunday yuqori sifatli
kulolchilik buyumlari tayyorlanishining sababi, avvalo yuksak dehqonchilik
madaniyatining rivojlanganligi natijasidir. Sopollitepada kulolchilik hamda
hunarmandchilikning ushbu turi ancha yuksalganligini mavjud ustaxonalar bilan
birga boshqa yirik inshootlar, ya'ni qal'alar, ibodatxonalar, mahallalar ham
tasdiqlaydi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo shaharlarining ilk namunasi deb tan
olinayotgan Jarqo'ton turar joy makonida butun bir ilk shaharning barcha
unsurlari topib o'rganildi.
Qadimshunos olim A.Asqarovning qayd etishicha, Jarqo'ton ikki qismdan iborat
bo'lgan, ya'ni «Arki a'lo» va «Shahriston»dan, «Arki a'lo»da shahar hokimining
qarorgohi-hukmdor saroyi joylashib, umumiy maydoni 3 gektarni tashkil etgan.
Uning atrofi qalin mudofaa devori bilan o'ralib, sharqiy va janubiy
tomoniga-shaharning asosiy aholisi-dehqon va hunarmandlar yashagan «Shahriston»
joylashgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida 20 gektar maydonni egallagan
nekropol, yangi shahar qabristoni joylashib, 20 ga yaqin aholi turarjoy
dahalari hamda dehqon-hunarmandlarning patriarxal jamoa qo'rg'onlari aniqlandi.
Akademik A.Asqarovning alohida ta'kidlashicha, shaharlarning tashkil topishida,
asosan aholining o'troq xo'jalik hayoti va u bilan bog'liq yana uch omil
mavjudligi tarixan zarur hisoblanadi. Birinchisi-qulay tabiiy sharoit, yangi
unumdor tuproq, suv va boshqa geografik omillar, ikkinchisi hosildor sug'orma
dehqonchilik va uni ta'minlovchi agrotexnikaning vujudga kelishidir. Bular
shaharlarning paydo bo'lishidagi iqtisodiy omillar asosida vujudga kelgan
tabaqalashgan jamiyatning diniy, harbiy va siyosiy jihatdan boshqaruv tizimi
tug'ilishiga sharoit yetilgan bo'lishi bilan bog'liqdir. Iqtisodiy hayotda yuz
bergan tub o'zgarishlar dehqonchilikda sun'iy sug'orish tizimining kashf
etilishi, daryolardan magistral kanallar orqali yangi yerlarga suv chiqarishni
ta'minladi. Yerni ishlashda omoch va hayvon kuchidan foydalanish,
hunarmandchilikning to'qimachilik sohasida yigiruv va to'quv dastgohining,
kulolchilikda charxning va murakkab xumdonning, metall eritish va quyish
texnologiyasining kashf etilishi, uy hayvonlaridan transport sifatida
foydalanishga, qurilishda reja asosida uy-joy va monumental binolar qurishga
o'tish, atrof-muhit haqida to'plangan bilimlar asosida astronomiya, astrologiya,
quyosh soati, taqvim, murakkab hisoblash tizimini ixtiro etish va boshqalar
tufayli ijtimoiy hayotda tabaqalanish yuz berdi. Olimning tinimsiz mehnati
tufayli uch gektarni tashkil etgan Arki a'lodan somon qo'shilgan xom g'ishtdan
ishlangan qalin ichi 3 metr, balandligi 5-6 metr mudofaa devori hamda uchta
turar joy dahalari, maxsus chilangarlik ustaxonasi, kengligi 70 sm, uzunligi 2,5 m , balandligi 1 m keladigan supa ustida
beshta o'choq topildi. Akademik A.Asqarov shogirdlari bilan hamkorlikda Ark maydonidan butun bir
metall eritish sexi ochilib, «Metallurgiya zavodi» bir-biriga yaqin qilib
qurilgan ikkita ikki yarusli doirasimon metall eritish pechkalari ochildi.
Arxeologik tadqiqotchilar erishgan eng katta yutuqlardan biri Shahriston
qismidan keng poydevor- supa ustiga qurilgan uy-joy majmualarini qazish
jarayonida xonalarning biridan qabila oqsoqolining qabri topildi. Qabr topilgan
xona to'rt xonali uyning eng kattasi bo'lib (maydoni 39 kv.m), uning g'arbiy
devori ichiga mo'rili o'choq joylashtirilgan. Qabrdan topilgan ashyoviy
manbalar asosida oqsoqolning nafaqat jamoa sardori, balki hayotlik davridagi
kasbi-korini ham aniqlab berish mumkin. Sardor qabrida 50 dan ortiq ashyolar
bo'lib, shundan 17 tasi oqsoqolning kasbiga aloqador buyumlardir. Oqsoqolning
qabiladoshlari tomonidan marhumga uning ruhi narigi «dunyoga» toliqmay, dadil
yetib borishi uchun har xil ovqatlar qo'yilgan. Marhumning oyoq tomoniga 30 dan
ortiq turli xil sopol idishlar, 2 ta bronzadan ishlangan kosalar, surmadon va 2
ta to'g'nag'ichlar qo'yilgan buyumlar qabr egasini usta zargar va ohangar
bo'lganligini isbotlaydi.
Akademik A.Asqarovning buyuk xizmatlaridan yana biri otashparastlar
ibodatxonasining topilishi bo'ldi. Bu majmua Arki a'lodan 350 metrlar chamasi
Janubiy Sharqda ya'ni Jarqo'tonning eng baland qismida qad ko'targan. Jarqo'ton
ibodatxonasi to'g'ri to'rtburchak shaklda (44,5X60 m) tomonlari yorug'likka
moslashtirilib qurilgan hamda chor atrofi xom g'ishtli qalin (4,5 metr) mudofa
devorlari bilan o'rab olingan. Jarqo'ton ibodatxonasi ikki qismdan ya'ni
muqaddas sajdagoh va uning qoshidagi xo'jalik xizmat qismidan iborat maskandir.
Shahar devorlari somonli loydan tayyorlangan g'ishtdan qurilgan. Qabrlar asosan
uy ichiga joylashtirilgan. Chunki aholi marhumlar u dunyoda ham yashaydilar
degan tushunchada bo'lgan. Qabrlarda erkaklar o'ng biqini (tomoni) ayollar chap
biqini bilan xuddi bola ona qornida yotgan paytdagidek g'ujanak holda
yotqizilib dafn etilgan. Har bir qatorda 10 dan 50 tagacha sopol va bronzadan
yasalgan idishlar, oziq-ovqat qo'yilgan. Bu sopol idishlar turlicha bo'lib,
ular xum va xurmacha, vaza, choynak, kosalar, ko'zacha va laganlardan iborat.
Idishlar shunchalik nafis va jarangdor qilib yasalganki, bu o'sha davrda
kulolchilik juda taraqqiy etganligidan nishona beradi. Qabristonni qazish
vaqtida xumlardan uzum va jiyda urug'lari topilib, ular bog'dorchilikning ham
ancha rivojlanganligidan dalolat beradi.
Miloddan avvalgi X asrga kelib bir qator tabiiy va ijtimoiy sabablar oqibatida
Jarqo'tonda hayot to'xtadi va bronza davrining ilk shahri hisoblangan Jarqo'ton
siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan markaz sifatidagi o'rindan judo bo'ldi
hamda ko'p yillar mobaynida bu yerda qaynab turgan hayot izlari so'ndi.
TASVIRIY SAN'ATNING PAYDO BO'LISHI. ZARAUTSOY SIRLARI
Kishilik jamiyatining ilk bosqichi bo'lgan tosh asriga oid tosh manbalar, matnlar, bitiklar, turli tasvirlar, rasmlar va ayni chog'da toshdan yasalgan mehnat qurollarining dastlabki namunalari odamlar ijodkorligining natijasidir. Inson tabiat mo''jizalarini va uning sir-asrorlarini tasavvur etish tufayli tirik jonzotlarga taqlid etishgan, ularning qiyofalarini yaratishgan.
Surxon vohasi tosh asrida
Insoniyat tarixiga nazar
solar ekanmiz, odamlar hayotning ilk bosqichlaridanoq o'ziga xos turmush tarzi
va ba'zi bir moddiy madaniyatga ega bo'lganligiga ishonch hosil qilamiz.
Dunyodagi eng qadimiy inson makoni sifatida ko'plab yodgorliklarga ega Surxon
vohasi nafaqat mamlakatimizda olib borilgan tadqiqotlarda, balki chet el
tadqiqotlarida ham hurmat bilan tilga olinadi. Ana shu ma'noda vohamiz ko'plab
chet ellik va mahalliy olimlarning diqqatini ohanrabodek o'ziga jalb etib kelmoqda.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, vohamizning
insoniyat sivilizasiyasining qadimgi beshiklaridan biri ekanligi isbot
qilindi.
Ma'lumki insoniyat taraqqiyotidan madaniy-tarixiy davrning ilk bosqichi, mehnat qurollari toshdan yasalganligi sababli poleolit (grekcha «palayos»-qadimgi, «letos»-tosh degan ma'noni bildiradi), ya'ni qadimgi tosh davri deb ataladi. Olimlar insoniyat tarixida uzoq davom etgan tosh davrini quyidagi bosqichlarga bo'ladilar:

1. Qadimgi tosh
davri-poleolit
2. O'rta tosh davri-mezolit
3. Yangi tosh davri-neolit
4. Mis tosh davri-eneolit
2. O'rta tosh davri-mezolit
3. Yangi tosh davri-neolit
4. Mis tosh davri-eneolit
Poleolit davrida mehnat qurollari takomillashib, inson hayoti ham o'zgarib
bordi, shunga ko'ra poleolitning o'zi ham uch bosqichga bo'linadi, ilk, o'rta
va so'nggi poleolitdir. Shuni alohida ta'kidlash joizki, O'zbekiston hududida
eng qadimgi odamlar 1 mln. yildan ziyod vaqtdan beri, ya'ni ilk poleolit
davridan buyon yashab kelayotganligini arxeologik olim O'.Islomov isbot qilib
berdi. Arxeolog olim O'.Islomovning yozishicha: «O'zbekiston hududida odamning
paydo bo'lishi tarixining ilk bosqichlariga oid yodgorliklarni o'rganish 1938
yildan boshlangan. Shu yili A.P.Okladnikov boshliq ibtidoiy davr
arxeologiyasini o'rganish otryadi Boysun tumanidagi Turkondaryoning Zovtalashgansoy
darasida joylashgan Teshiktosh g'orini tadqiq qildi. Dengiz sathidan 1500 m . balandlikdagi
g'orning uzunligi 21 m ,
eni 20 m ,
balandligi 7-9 metrni tashkil qiladi. Umumiy maydoni 300 kv.m. Shundan 100 kv.
m joyi neandertallar yashaganligiga guvohlik beruvchi arxeologik materiallarga
ega. Yodgorlik 5 ta madaniy qatlamdan iborat. Bu hol manzilgoh bir necha
marotaba tark etilganligidan dalolat beradi. G'orning har bir qatlamida
bittadan, ba'zilarida ikkitadan gulxan qoldiqlari saqlanib qolgan. Bu gulxanlar
atrofidan ko'plab tog' echkisi, bug'u, sirtlon, ayiq, quyon va har xil
qushlarning suyak qoldiqlari topilgan. Eng muhimi, yuqori madaniy qatlamdan
9-10 yoshlardagi neandertal bolaning qabri topilganligi - yodgorlikni dunyoviy
ahamiyatga molik darajaga ko'tardi.» Ushbu antropologik topilma katta qiziqish
uyg'otdi va mutaxassis olimlardan G.F.Debes, M.M.Gerasimov, M.D.Gremyaskiy va
V.A.Alekseyevlar uni o'rganishda jonbozlik namunasini ko'rsatdilar.
Aniqlanishicha, topilgan neandertal bola kalla suyagining hajmi 1450 sm kub
bo'lib, u irqiy jihatdan Yevropa va Old Osiyo guruhiga mansub ekanligi ilmiy
jihatdan asoslab berildi.
Teshiktosh g'orini qazish natijasida ma'lum bo'ldiki, undagi kishilarning asosiy va muhim kasbi kiyik, arxar, tog' echkisi va boshqa hayvonlarni ovlash bo'lgan.
G'ordan topilgan hayvonlarning 667 ta suyagidan 649 tasi kiyik suyagidir. Ov ko'p odamlar ishtirokini talab qilganligi sababli u ibtidoiy odamlarni birga harakat qilishga jipslashtirgan asosiy omillardan biri edi. Yaralangan yirtqich hayvon bilan olishuvda ko'pincha odamlar halok bo'lganlar, ular qo'lga kiritgan o'ljalarini birga baham ko'rganlar. Ayollar termachilik, ya'ni meva-cheva terish, ildiz kovlash bilan shug'ullangan va mehnat qurollari tayyorlaganlar.
Mashhur antropolog olim va haykaltarosh M. M. Gerasimov bolaning qiyofasini yaratdi, bolaning bosh suyagi juda siqiq, peshonasi yaydoq, past, qosh-qovog'i osilib turadi. Chaynash muskullari baquvvat, iyagi tekis, bosh suyagining holati va bukchaygan qomati o'sha vaqt odamining hali qaddini rostlab yurishga odatlanmaganidan dalolat beradi. U o'z qiyofasi bilan Yevropada yashagan neandertal shaklidagi odamlarga juda o'xshaydi. Uning qabri atrofiga qo'yilgan taka shoxlari bolani go'yo jinlardan himoya qilgan, bu quyosh ramzi bo'lib diniy ahamiyatga ega bo'lganligini tasdiqlaydi. Xuddi shu o'rinda akademik B.G'afurovning fikrlari ancha e'tiborli ko'rinadi, olim Teshiktoshdan topilgan tosh buyumlarni o'rta paleolit davriga oid deb hisoblaydi. G'ordan topilib o'rganilgan uch ming donaga yaqin tosh buyumlardan 339 tasi tugallangan qurollar sirasiga kiradi. Ulardan o'tkir uchli toshlar pichoqqa monand bo'lib, ovlangan hayvonlarni terilashda, daraxtlarni qayta ishlashda foydalangan bo'lishlari mumkin. Bu neandertal odamlar, asosan, tog' takasi, kiyik, ayiq, sirtlon va boshqa mayda hayvonlarni ovlagan, bular mustye davriga to'g'ri keladi. Bundan tashqari bola skleti atrofida tog' takalarining shoxlari yotganligi hodisasi, aftidan maxsus dafn marosimi bo'lganini xotirga tushiradi. Ko'plab tog' g'orlarida qadimiy odam qo'nalg'alari aniqlangani holda, muhimi Turkon(Sherobod)daryo sohillaridagi Boysuntog'ning Teshiktosh g'orlaridan topilgan bola bosh suyaklariga monand boshqa suyaklar hali hanuz butun boshli Markaziy Osiyoda topilganicha yo'q. Qadimshunos olimlarning fikri va xulosasiga ko'ra Teshiktosh g'oridagi hayot mezolit davrida ham davom etgan. Madaniy qatlamning qalinligi40 m
cha bo'lib, undan tog' echkisi, ayiq, toshbaqa suyaklari hamda kremniy,
chaqmoqtosh, ohaktosh, qumtosh, yashma, kvarsit va boshqa vulqoniy tosh
jinslaridan ishlangan turli xil tosh qurollari topildi. Toshdan yasalgan
qurollar ichida paykonlar, qirg'ichlar, tosh pichoqlar va tosh chopqilar bor
edi. Bu topilmalar tufayli viloyat aholisining qadimgi hayoti va xo'jalik
sohasidagi turmush darajasini aniqlash mumkin. Umuman, Surxondaryo vohasidan
qadimgi odamlar yashagan 15 ta yuqori paleolit manzilgohlari topilgan.
Teshiktosh yodgorligi O'zbekistonning janubiy hududidan topilgan o'rta paleolit
(mustye) davriga oid yodgorlikdir.
Viloyat hududida tosh davri yodgorliklari juda ko'p, shunday yodgorliklardan yana biri Amir Temur g'ori xisoblanadi. Bu g'or Teshiktosh g'origa ancha yaqin joylashgan bo'lib, asosan o'rta tosh davriga oiddir. Amir Temur g'oridan topilgan tosh qurollar Teshiktosh g'oridan topilgan tosh qurollarga ancha o'xshashdir. Amir Temur g'orida yashagan ibtidoiy odamlar ovchilik va termachilik mashguloti bilan shug'ullangan. G'orda olib borilgan arxeologik qazuv ishlari natijasida bu yerdan juda ko'plab hayvon suyaklarining topilishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. O'rta tosh davriga kelib, iqlimning isishi natijasida ibtidoiy odamlar faqatgina g'orlarda yashab qolmasdan, balki pasttekisliklar va vodiylarga ko'chib chiqib makon qura boshlaganlar. Bu davrda ular qorin ilinjida ov o'ljalari izidan yurib, ularni ta'qib etib, asosan daydi hayot kechirganlar. Muhimi Amir Temur g'ori qatlamlaridan eni 1-1,5 metr keladigan gulxan, yog'och, ko'mir qoldig'i topilgan. Bu joy past va zahdigi tufayli neandertal ovchilarining vaqtinchalik qo'nilgohi bo'lgan bo'lsa kerak.
Viloyatning o'rta tosh davriga oid pasttekisliklarida joylashgan arxeologik yodgorliklar qatoriga ko'hna Termiz atroflari, Ayritom hamda To'palang daryosi havzalaridan topib o'rganilgan ibtidoiy davr odamlari manzilgohlarini ham misol qilib ko'rsatish mumkin. Ushbu mazilgohlardan toshdan va suyakdan yasalgan juda ko'plab ov qurollari topildi hamda atroflicha tahlil etilib, tegishli xulosalar o'rtaga tashlandi. Surxondaryo viloyatida yuqori paleolit davri yodgorliklari asosan, To'palang daryosi vohasi atrofida o'rganib tadqiq etildi. Hozirgi To'palang daryosi suv ombori hududida beshta manzilgohdan yuqori paleolit davriga oid tosh qurollari topildi, ular orasida uchrindilar, parrak uchrindilar va qirg'ichlar mavjud.
Viloyatdagi yana bir qadimiy makon Machay g'ori mezolit, ya'ni o'rta tosh davrining yirik yodgorligi bo'lib, Boysun tog'i etaklaridagi Machay soyining yuqorisida joylashgan. Machay g'orida ovchilar va baliqchilar jamoasi yashagan, ushbu yodgorlik 1938-1941 yillarda G.V.Parfyonov tomonidan ochib o'rganildi. 1937 yilda arxeolog A.P.Okladnikov mustye davriga oid ikkita qatlamni ochib ilmiy izlanishlar olib bordi. Arxeolog O'. Islomov 1970-1971 yillarda Machay g'orini o'rganib, undan topilgan tosh va suyakdan yasalgan qurollar mezolit davriga oid ekanligini isbot qildi.
Mezolit bosqichining eng muhim manzilgohlaridan hisoblangan Machay g'ori o'rta tosh davrining miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklariga oid bo'lib, bu manzilgoh yuqori Machay va quyi Machay qishloqlari oralarida joylashgan. Arxeologik qazuv ishlari na-tijasida bu yerdan juda ko'plab turli shakllarda toshgan yasalgan ov qurollari hamda tosh pichoqlar, shuningdek, suyakdan yasalgan bigiz, igna va ko'plab miqdorda hayvon suyaklari hamda inson suyaklari topib o'rganildi. Antropolog olim T. K. Xo'jayevning fikriga ko'ra, Machay g'orida yashagan odamlar antropologik jihatdan yevropoid irqiga mansubdir. Machay g'orida yashagan ibtidoiy odamlar, asosan, o'zlashtiruvchi xo'jalikning ovchilik va termachilik mashg'ulotlari bilan shug'ullanganlar. Qolaversa, shu davrda yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish jarayoni ham aynan mustye davrida sodir bo'lib, Machay g'oridan topilgan suyak qoldiqlari ham bu fikrni to'liq isbotlaydi. Qizig'i, bu yodgorlik o'sha davr kishilarining suyak qoldiqlari asosida insoniyatning antropologikqiyofasini va hayvonot dunyosini o'rganishda bebaho manba hisoblanadi. G'ordan ko'plab tog' echkisi, katta va kichik shoxli hayvon suyaklari topilib o'rganildi va natijada VIII-VII minginchi yillarda Machay g'orida yashagan odamlar hayvonlarni xonakilashtirishga o'tganligidan dalolat beradi. Tag'in esa o'sha odamlar, ya'ni sizu bizning qadimiy ajdodlarimiz tabiatdagi mavjud tayyor narsalarni o'zlashtiribgina qolmasdan, balki ishlab chiqarish iqtisodiga ko'nikma hosil qila boshlagan ekanlar.
Eng muhim va dolzarb tomoni shundaki, ushbu g'ordan ibtidoiy ajdodlarimiz qo'li bilan yasalgan va ularning o'zlari ehtiyojlariga yarasha ishlatgan tosh qurollar fan olamiga olib kiritildi. Bu tosh qurollari Markaziy Osiyoning, ayniqsa boshqa mezolit davri manzilgohlaridan topilgan tosh qurollaridan yasalgan usuli va shakllari jihatidan farq qiladi. O'rganib tadqiq etilgan yuqoridagi tosh qurollari mezolit davrining o'ziga xos madaniyatini tashkil etadi va bu esa fanda Machay madaniyati nomini oldi.
Demak, Surxondaryo viloyatida eng qadimgi paleolit davridan boshlab, hozirga qadar inson hayoti va madaniyati uzluksiz davom etib kelmoqda ekan.
Teshiktosh g'orini qazish natijasida ma'lum bo'ldiki, undagi kishilarning asosiy va muhim kasbi kiyik, arxar, tog' echkisi va boshqa hayvonlarni ovlash bo'lgan.
G'ordan topilgan hayvonlarning 667 ta suyagidan 649 tasi kiyik suyagidir. Ov ko'p odamlar ishtirokini talab qilganligi sababli u ibtidoiy odamlarni birga harakat qilishga jipslashtirgan asosiy omillardan biri edi. Yaralangan yirtqich hayvon bilan olishuvda ko'pincha odamlar halok bo'lganlar, ular qo'lga kiritgan o'ljalarini birga baham ko'rganlar. Ayollar termachilik, ya'ni meva-cheva terish, ildiz kovlash bilan shug'ullangan va mehnat qurollari tayyorlaganlar.
Mashhur antropolog olim va haykaltarosh M. M. Gerasimov bolaning qiyofasini yaratdi, bolaning bosh suyagi juda siqiq, peshonasi yaydoq, past, qosh-qovog'i osilib turadi. Chaynash muskullari baquvvat, iyagi tekis, bosh suyagining holati va bukchaygan qomati o'sha vaqt odamining hali qaddini rostlab yurishga odatlanmaganidan dalolat beradi. U o'z qiyofasi bilan Yevropada yashagan neandertal shaklidagi odamlarga juda o'xshaydi. Uning qabri atrofiga qo'yilgan taka shoxlari bolani go'yo jinlardan himoya qilgan, bu quyosh ramzi bo'lib diniy ahamiyatga ega bo'lganligini tasdiqlaydi. Xuddi shu o'rinda akademik B.G'afurovning fikrlari ancha e'tiborli ko'rinadi, olim Teshiktoshdan topilgan tosh buyumlarni o'rta paleolit davriga oid deb hisoblaydi. G'ordan topilib o'rganilgan uch ming donaga yaqin tosh buyumlardan 339 tasi tugallangan qurollar sirasiga kiradi. Ulardan o'tkir uchli toshlar pichoqqa monand bo'lib, ovlangan hayvonlarni terilashda, daraxtlarni qayta ishlashda foydalangan bo'lishlari mumkin. Bu neandertal odamlar, asosan, tog' takasi, kiyik, ayiq, sirtlon va boshqa mayda hayvonlarni ovlagan, bular mustye davriga to'g'ri keladi. Bundan tashqari bola skleti atrofida tog' takalarining shoxlari yotganligi hodisasi, aftidan maxsus dafn marosimi bo'lganini xotirga tushiradi. Ko'plab tog' g'orlarida qadimiy odam qo'nalg'alari aniqlangani holda, muhimi Turkon(Sherobod)daryo sohillaridagi Boysuntog'ning Teshiktosh g'orlaridan topilgan bola bosh suyaklariga monand boshqa suyaklar hali hanuz butun boshli Markaziy Osiyoda topilganicha yo'q. Qadimshunos olimlarning fikri va xulosasiga ko'ra Teshiktosh g'oridagi hayot mezolit davrida ham davom etgan. Madaniy qatlamning qalinligi
Viloyat hududida tosh davri yodgorliklari juda ko'p, shunday yodgorliklardan yana biri Amir Temur g'ori xisoblanadi. Bu g'or Teshiktosh g'origa ancha yaqin joylashgan bo'lib, asosan o'rta tosh davriga oiddir. Amir Temur g'oridan topilgan tosh qurollar Teshiktosh g'oridan topilgan tosh qurollarga ancha o'xshashdir. Amir Temur g'orida yashagan ibtidoiy odamlar ovchilik va termachilik mashguloti bilan shug'ullangan. G'orda olib borilgan arxeologik qazuv ishlari natijasida bu yerdan juda ko'plab hayvon suyaklarining topilishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. O'rta tosh davriga kelib, iqlimning isishi natijasida ibtidoiy odamlar faqatgina g'orlarda yashab qolmasdan, balki pasttekisliklar va vodiylarga ko'chib chiqib makon qura boshlaganlar. Bu davrda ular qorin ilinjida ov o'ljalari izidan yurib, ularni ta'qib etib, asosan daydi hayot kechirganlar. Muhimi Amir Temur g'ori qatlamlaridan eni 1-1,5 metr keladigan gulxan, yog'och, ko'mir qoldig'i topilgan. Bu joy past va zahdigi tufayli neandertal ovchilarining vaqtinchalik qo'nilgohi bo'lgan bo'lsa kerak.
Viloyatning o'rta tosh davriga oid pasttekisliklarida joylashgan arxeologik yodgorliklar qatoriga ko'hna Termiz atroflari, Ayritom hamda To'palang daryosi havzalaridan topib o'rganilgan ibtidoiy davr odamlari manzilgohlarini ham misol qilib ko'rsatish mumkin. Ushbu mazilgohlardan toshdan va suyakdan yasalgan juda ko'plab ov qurollari topildi hamda atroflicha tahlil etilib, tegishli xulosalar o'rtaga tashlandi. Surxondaryo viloyatida yuqori paleolit davri yodgorliklari asosan, To'palang daryosi vohasi atrofida o'rganib tadqiq etildi. Hozirgi To'palang daryosi suv ombori hududida beshta manzilgohdan yuqori paleolit davriga oid tosh qurollari topildi, ular orasida uchrindilar, parrak uchrindilar va qirg'ichlar mavjud.
Viloyatdagi yana bir qadimiy makon Machay g'ori mezolit, ya'ni o'rta tosh davrining yirik yodgorligi bo'lib, Boysun tog'i etaklaridagi Machay soyining yuqorisida joylashgan. Machay g'orida ovchilar va baliqchilar jamoasi yashagan, ushbu yodgorlik 1938-1941 yillarda G.V.Parfyonov tomonidan ochib o'rganildi. 1937 yilda arxeolog A.P.Okladnikov mustye davriga oid ikkita qatlamni ochib ilmiy izlanishlar olib bordi. Arxeolog O'. Islomov 1970-1971 yillarda Machay g'orini o'rganib, undan topilgan tosh va suyakdan yasalgan qurollar mezolit davriga oid ekanligini isbot qildi.
Mezolit bosqichining eng muhim manzilgohlaridan hisoblangan Machay g'ori o'rta tosh davrining miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklariga oid bo'lib, bu manzilgoh yuqori Machay va quyi Machay qishloqlari oralarida joylashgan. Arxeologik qazuv ishlari na-tijasida bu yerdan juda ko'plab turli shakllarda toshgan yasalgan ov qurollari hamda tosh pichoqlar, shuningdek, suyakdan yasalgan bigiz, igna va ko'plab miqdorda hayvon suyaklari hamda inson suyaklari topib o'rganildi. Antropolog olim T. K. Xo'jayevning fikriga ko'ra, Machay g'orida yashagan odamlar antropologik jihatdan yevropoid irqiga mansubdir. Machay g'orida yashagan ibtidoiy odamlar, asosan, o'zlashtiruvchi xo'jalikning ovchilik va termachilik mashg'ulotlari bilan shug'ullanganlar. Qolaversa, shu davrda yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish jarayoni ham aynan mustye davrida sodir bo'lib, Machay g'oridan topilgan suyak qoldiqlari ham bu fikrni to'liq isbotlaydi. Qizig'i, bu yodgorlik o'sha davr kishilarining suyak qoldiqlari asosida insoniyatning antropologikqiyofasini va hayvonot dunyosini o'rganishda bebaho manba hisoblanadi. G'ordan ko'plab tog' echkisi, katta va kichik shoxli hayvon suyaklari topilib o'rganildi va natijada VIII-VII minginchi yillarda Machay g'orida yashagan odamlar hayvonlarni xonakilashtirishga o'tganligidan dalolat beradi. Tag'in esa o'sha odamlar, ya'ni sizu bizning qadimiy ajdodlarimiz tabiatdagi mavjud tayyor narsalarni o'zlashtiribgina qolmasdan, balki ishlab chiqarish iqtisodiga ko'nikma hosil qila boshlagan ekanlar.
Eng muhim va dolzarb tomoni shundaki, ushbu g'ordan ibtidoiy ajdodlarimiz qo'li bilan yasalgan va ularning o'zlari ehtiyojlariga yarasha ishlatgan tosh qurollar fan olamiga olib kiritildi. Bu tosh qurollari Markaziy Osiyoning, ayniqsa boshqa mezolit davri manzilgohlaridan topilgan tosh qurollaridan yasalgan usuli va shakllari jihatidan farq qiladi. O'rganib tadqiq etilgan yuqoridagi tosh qurollari mezolit davrining o'ziga xos madaniyatini tashkil etadi va bu esa fanda Machay madaniyati nomini oldi.
Demak, Surxondaryo viloyatida eng qadimgi paleolit davridan boshlab, hozirga qadar inson hayoti va madaniyati uzluksiz davom etib kelmoqda ekan.
Surxondaryo tarixi kitobidan
Подписаться на:
Сообщения (Atom)